IIV Namangan akademik litseyida “Maʼnaviyat oyligi” doirasida oʻquvchilar maʼnaviy dunyoqarashini boyitish, ularni Vatanga muhabbat, jasorat va qatʼiyat ruhida tarbiyalash maqsadida kitoblar taqdimoti tashkil etildi.

Tadbir Axborot-resurs markazi xodimlari hamda Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi oʻqituvchilari hamkorligida tashkil etilib, unda litsey kutubxona fondiga yangi kelib tushgan qimmatli adabiyotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” va “Oʻzbekiston Respublikasi shon-sharaf davlat muzeyi” nomli kitoblar jamoatchilik eʼtiboriga havola qilindi.

Davra suhbati tarzida oʻtgan taqdimot davomida ushbu kitoblarning yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni, ularning vatanparvarlik, fidoyilik, jasorat kabi fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.