Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik liseyida yaqinda nashrdan chiqqan “Kadrlar xizmati fidoyilari”, “Tergov xizmati faxriylari” hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nuroniylar kengashi” nomli kitoblarning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, podpolkovnik Gʻ. Eshimbetov ochib, mazkur adabiyotlar boʻyicha oʻzining fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Birlashgan tahririyati bosh muharriri, polkovnik B. Sadikova soʻzga chiqib, ushbu kitobning yaratilishi hamda undan joy olgan faxriylarning mashaqqatli, shu bilan birgalikda, sharafli xizmati toʻgʻrisida yigʻilganlarga batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik O. Turdaqov “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nuroniylar kengashi” nomli kitobning mazmun-mohiyati bilan barchani yaqindan tanishtirdi.
Har jihatdan mazmunli oʻtgan mazkur tadbir yakunida esa, unda ishtirok etgan faxriylarga yangi nomdagi kitoblar sovgʻa qilindi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
