Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda boshqarma apparati hamda shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari va sohaviy xizmatlardan 40 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etishdi.
Tanlovda faol ishtirok etgan va gʻolib boʻlgan xodimlar rahbariyatning faxriy yorligʻi, esdalik sovgʻalar hamda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” sihatgohiga 3 kunlik bepul dam olish uchun yoʻllanmalar bilan taqdirlandi.
J. SHUKURLAYEV,
katta leytenant.
Buxoro viloyati.
