IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7256-harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda vazirlik tarkibidagi harbiy boʻlinmalarda xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, faoliyat natijalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, harbiy qismdagi jangovar xizmat va intizom holatlari tahlil etilib, bu yoʻnalishda tegishli tavsiya va yoʻriqnomalar berildi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
