IIV Buxoro akademik litseyi bitiruvchilari bilan IIV Akademiyasi masʼullari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Bunda oʻquvchilarga IIV Akademiyasiga oʻqishga qabul qilish, qabul kvotasi, oʻqishga qabul qilishdagi dastlabki tanlov, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat bosqichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, sinovlarni topshirishda nimalarga eʼtibor berish kerakligi, kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

        Tadbir yakunida oʻquvchilar hamda pedagoglarni qiziqtirgan savollarga toʻlaligicha javoblar berildi. Coʻngra IIV Akademiyasining tashkil etilishi tarixiga oid videorolik namoyish etildi.

I.SAMANDAROV,

mayor.

Buxoro viloyati.