Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi va Adliya vazirligi hamkorligida jurnalistlar, blogerlar, talabalar va jamoatchilik oʻrtasida huquqiy bilimlarni yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazilgan "Huquqiy savodxonlik" tanlovining gʻoliblari aniqlandi.
Ular orasida IIV Sirdaryo akademik litseyining 3-bosqich oʻquvchisi Toshmurod Abdurahmonov ham faxrli oʻrin egalladi. Jurnalistlar, blogerlar va universitet talabalari bilan basma-bas kelgan Toshmurod Abdurahmonov 1582 nafar ishtirokchi orasida 3-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan diplom va esdalik sovgʻasi — smartfon bilan taqdirlandi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
