IIV Xorazm akademik litseyida ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi. “Maʼnaviyat oyligi” doirasidagi mazkur tadbirda barcha oʻqituvchi va oʻquvchilar faol ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, – deydi akademik litsey direktorining oʻrinbosari, podpolkovnik Behzod Quryozov. – Avvalo, yoshlarimizni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashi, fikrlash doirasini kengaytirish, kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirishdan iboratdir. Tadbirda kitobxonlar oʻzlarini qiziqtirgan adabiyotlardan xarid qilishdi.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.

Xorazm viloyati.