IIV Buxoro akademik litseyida oʻquvchilarning ongu tafakkurini yuksaltirish, ona Vatanga boʻlgan muhabbatini yanada mustahkamlash va unga sadoqat bilan xizmat qilish sifatlarini qaror toptirish maqsadida maʼnaviy kecha tashkil etildi. Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va IIVning “Maʼnaviyat targʻibotchisi” koʻkrak nishoni sohibasi Laylo Sharipova ishtirok etdi.
Davra suhbatida shoira fevralʼ va mart oylarida tavallud kunlari nishonlangan buyuk siymolar ijodi, hayotiy faoliyati va ibrat maktabi xususida toʻxtalib oʻtdi. Ayniqsa, sadoqat va vafo timsoli boʻlgan Zulfiyaxonim hayotiy faoliyati, mashaqqatli umr yoʻli va benazir ijodiga alohida urgʻu berildi.
Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.
Shahnoza ShARIPOVA,
IIV Buxoro akademik litsey oʻqituvchisi.
