IIV Xorazm akademik liseyida tantanali saflanish tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda liseyning barcha oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etishdi va ularga Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor A. Ikramov huzurida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida koʻrilgan vazifa va topshiriqlar, shuningdek Prezidentimizning yaqinda eʼlon qilingan sohaga oid qarori mazmun-mohiyati yana bir bor tushuntirib oʻtildi.
Mazkur tadbirda joriy yilning 10-11 fevralʼ kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademik liseylari oʻquvchilari oʻrtasida “Jangovar tayyorgarlik boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar” musobaqasida IIV Xorazm akademik liseyi jamoasi faxrli ikkinchi oʻrinni egallagani alohida eʼtirof etildi va ularga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Xudoybergan JABBOROV,
"Postda" muxbiri.
Xorazm viloyati.
