Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akademik litseyida xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Qarshi shahar IIOFMB xodimlari, litsey oʻqituvchilari ishtirok etdi. 

Targʻibot tadbirida soʻz olganlar keyingi paytlarda aynan xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilish holatlari kuzatilayotgani, bu kabi salbiy holatlarning barvaqt oldini olish, oilalarda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Yakunda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar atroflicha javob berishdi. 

Nargiza MAQSADOVA,

leytenant.

Qashqadaryo viloyati.