Toshkent shahar IIBB tomonidan xodimlar oʻrtasida “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasi asosida tadbir oʻtkazildi. Xususan, IIVning “Oqtosh” bolalar oromgohiga ikki kunlik dam olish tadbiri tashkil etilib, uning doirasida nafaqat madaniy hordiq chiqarish, balki xodimalar hamda ularning farzandlari oʻrtasida sport musobaqalari, psixologik trening va salomatlik saboqlari ham boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida faol boʻlgan va musobaqa gʻolib boʻlganarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.