Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan Termiz shahridagi 7-ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Ichki ishlar vazirligi masʼullari, vazirlik Akademik litseyi jamoasi oʻquvchi-yoshlarga IIV Surxondaryo akademik litseyida yaratilgan sharoitlar, oʻquvchilarning taʼlim va sport sohalarida erishgan yutuqlari va mavjud imkoniyatlar haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, maktabga tashkiliy va tarbiyaviy jihatdan metodik tavsiyalar berildi.
Oʻz muxbirimiz,
Surxondaryo viloyati.
