Yurtimiz yoshlarini ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda shonli tariximizning oʻrni beqiyosdir.
Shu boisdan, IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent shahrida joylashgan 7534-harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan bu yerda yigitlik burchini oʻtayotgan askarlar ishtirokida poytaxtimizdagi Oʻzbekiston tarixi muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Mazkur sayohat davomida ertangi kunimiz egalariga boy va uzoq oʻtmishimiz haqida batafsil maʼlumotlar berilib, ularning maʼnaviy salohiyati yanada oshirildi.
Oʻz navbatida ular ham muzey va harbiy qism rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan yetarlicha javob olishdi.
Hasan QODIROV,
kichik serjant.
