IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi 7253-sonli harbiy qismda yilning birinchi yarim yilligi boʻyicha maʼrifat darslaridan sinov imtihonlari tashkil etildi. Harbiy qism tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlinmasi tomonidan oʻtkazilgan sinov davomida harbiy xizmatchilarning turli mavzularda chop etilgan maʼnaviyat va maʼrifat darslarini qanchalik oʻzlashtirgani tekshirildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning birinchi yarim yillikda oʻrganganlari, egallagan bilimlari sinovdan oʻtkazildi.