Vatan himoyachilari kunini munosib nishonlash maqsadida, bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari Fargʻona davlat universiteti qoshida ochilgan Qatagʻon qurbonlarini yod etish muzeyiga sayohat qilishdi.
Viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan uyushtirilgan mazkur sayohat soha xodimlarida katta taassurot qoldirdi. Chunki ular ushbu maʼnaviyat maskanidagi fargʻonalik qatagʻon qurbonlari haqida hikoya qiluvchi qimmatbaho eksponatlar bilan yaqindan tanishib, oʻzlari uchun muhim boʻlgan maʼlumotlarni olishdi.
Erk va ozodlik istagida yashab, mustabid tuzimdan jabr koʻrgan bu ajdodlarimizning hayotiy faoliyati, qilgan xayrli ishlari muzeydagi arxiv hujjatlar va fototasvirlarda oʻz aksini topgan boʻlib, bu borada yurt posbonlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ilmiy xodimlardan atroflicha javob olishdi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
