Joriy yilning 2-aprelidan 2-may kuniga qadar yurtimizdagi barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda ham bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, yaqinda mazkur harbiy qism Taʼminot batalʼonida yigitlik burchini oʻtayotgan askarlar ishtirokida Chirchiq davlat pedagogika instituti axborot-kutubxona markaziga sayohat uyushtirildi.
Mazkur tashrif davomida muddatli harbiy xizmatchilar u yerdagi kitoblar bilan yaqindan tanishib, kelgusida ham oʻzlarining maʼnaviy salohiyatini yanada boyitish maqsadida ushbu maʼnaviyat maskaniga aʼzolikni amalga oshirishdi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
