“Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz!” shiori ostida ayni kunlarda “Maʼnaviyat oyligi” oʻtkazilmoqda.
Samarqand viloyati IIBning barcha sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman Ichki ishlar boʻlimlarida mazkur oylik doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, bir guruh xodimlar Axborot-kutubxona markazlari boʻlib, “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob yarmarka”lari tashkil etildi. Ayniqsa, bir juft kitob aksiyasi sabab, xodimlar kutubxonalarni boyitishga oʻz hissalarini qoʻshishdi. Bundan tashqari, xodimlar va ularning oila aʼzolari, faxriylar hamda xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari uchun “Barcha saʼy harakatlarimiz – inson qadri uchun” shiori ostida Ishtixon, Toyloq tumanlari, Samarqand hamda Kattaqoʻrgʻon shaharlarida madaniy-maʼrifiy konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Xodimlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirish maqsadida “Uch avlod uchrashuv”lari oʻtkazilmoqda.
Ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, yot va buzgʻunchi gʻoyalarga murosasiz kurashuvchi, iymon-eʼtiqodi va irodasi mustahkam, maʼnaviyatli va fidoyi, ajdodlarimiz va mardlik koʻrsatib halok boʻlgan xodimlarning bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini taʼminlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori masʼuliyat hissini qaror toptirish maqsadida oʻtkazilayotgan mazkur oylik doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Farrux NURMURODOV,
Samarqand viloyati IIB MMI
va KBTX katta inspektori,
leytenant.
