IIV Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi oʻquv bazasida tahsil olayotgan tinglovchilari oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularning maʼnaviy dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan ona Vatanimiz osoyishtalik posbonlari ham oʻzlarini qiziqtirgan badiiy, tarixiy, ijtimoiy va siyosiy yoʻnalishdagi adabiyotlarni xarid qilishdi.
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.
