IIV Fargʻona akademik litseyining bir guruh oʻquvchi-yoshlari Fargʻona viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markaziga sayohat qilib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ayniqsa, ballistika laboratoriyasi kelajagimiz egalarida katta taassurot qoldirdi.
Markaz rahbari, podpolkovnik Umid Xoliqov boʻlajak osoyishtalik posbonlariga mazkur laboratoriyaning qachon tashkil etilgani, imkoniyatlari hamda qurol-yarogʻlarni ekspertizadan oʻtkazish tartib-qoidalari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Qiziqarli oʻtgan ushbu sayohat davomida oʻquvchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ekspertlardan atroflicha javob olishdi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
