Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga binoan, shu yilning 2-aprelidan 2-may kuniga qadar mamlakatimizning barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” tadbirini oʻtkazilishi belgilandi. Mazkur oylik doirasida IIV Ashula va raqs ansambli Qashqadaryo viloyatining Muborak, Gʻuzor, Shahrisabz tumanlari hamda Qarshi shahrida konsert dasturlarini namoyish etdi.
Konsert dasturlariga ichki ishlar organlari xodimlari oila aʼzolari bilan, sohada xizmat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar hamda xizmat burchini bajarish chogʻida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari taklif qilindi.
Elimiz ardoqlagan sanʼatkorlar – “Nihol” mukofoti sovrindorlari Feruza Jumaniyozova, Farhod Qambarov, estrada xonandalri Sherali Bekmurodov, Ulugʻbek Xoliqov, Mashhura Ergasheva, Nurali Shukrullaev tomonidan aytilgan dilbar kuy-qoʻshiqlar, soʻz ustasi Oʻtkir Muhammadxoʻjaev va qiziqchi Avaz Oxun payrovlari barchada katta tassurot qoldirdi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
