Surxondaryo viloyatida IIB boshligʻi, polkovnik A.Ismoilovga biriktirilgan yoshlar bilan maqsadli tashabbuslar amalga oshirilayotir. 

Shunday tashabbuslardan biri, sektor rahbariga biriktirilgan muzrabotlik 50 nafar yoshlar uchun muqaddas qadamjolarga sayohat uyushtirildi. Ular Termiz tumanidagi al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi hamda tarixiy ahamiyat kasb etgan muzeylar boʻylab sayohat qilishdi. 

Yoshlar biryoʻla Angor tumanida faoliyat olib borayotgan “Ishga marhamat” monomarkazida ham boʻlishdi. Bu yerdagi 22 ta yoʻnalish boʻyicha taʼlim berayotgan oʻqituvchi va murabbiylar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.