Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari “Buxoro” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalʼoni harbiy xizmatchilari batalʼon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, mayor Sh. Niyozov boshchiligida Buxoro shahridagi viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Jasorat” tarixiy muzeyiga tashrif buyurishdi. 

Ular sayohat davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarixi, qadimgi va amirlik davridagi davlat va harbiy tartiblar, mustaqillik yillarida Buxoro IIB milisiyasi faoliyati, shuningdek, XVI–XX asrlarda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan oʻqotar qurollar, fiqh ilmi va Buxoro tarixiga oid kitoblar hamda oʻzbek xalqining buyuk siymolari, shoh va sarkardalar, II jahon urushi davrida Buxoro milisiyasining koʻrsatgan jasoratlari hamda urushda qatnashgan ichki ishlar organlari xodimlari, front ortida oʻzbek xalqining matonatli mehnat jarayonlari haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi.


Mirzoqul AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.