Qadim Xorazmga qadami yetgan kishida ushbu zaminning tarixiy obidalarni koʻrish, buyuk ota-bobolar ruhini shod etish istagi uygʻonishi tabiiy. Shuning uchun biz mezbonlarning taklifidan quvonib ketdik. Mashhur Ichanqalʼa darvozasi oldida bizni ikki nafar ichki ishlar organi xodimi harbiycha salom berib kutib oldi. Ulardan biri leytenant Azamat Aminov hamrohimiz viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik Aminboy Tojiyevning nevarasi ekan.

Pahlavon Mahmud maqbarasi, Kalta Minor, Islomxoʻja minorasi kabi oʻnlab obidalarga bagʻridan joy bergan ertaksimon Xiva shahri kimlarni lol etmaydi deysiz. Shahardagi xalq xunarmandchiligi namunalari rastasida teatrlashgan ajoyib voqea guvohiga aylandik. Jarchi bor ovozi bilan xon hazratlari kelayotganidan xabar berardi. Bizning yonimizdan ulugʻvorlik bilan oʻtayotgan "xon hazratlari" bilan uchrashuvimizni hamrohlarimizdan biri tasvirga olib ham qoʻyibdi.

Xivadan katta taassurot bilan qaytgach, mezbonlar bilan quyuq xayrlashdik va shinam mikroavbusda Nukus tomon yoʻl oldik.

Gʻayrat BOLTABOYEV,

IIV Faxriylar kengashi raisi

oʻrinbosari, isteʼfodagi polkovnik.