Mamlakatimiz boʻylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham bir qator saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Unda barcha tashkilotlar qatori ichki ishlar organlari xodimlari ham oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelayotir. Jumladan, yaqinda mazkur hudud IIV PPX va JTSB osoyishtalik posbonlari tomonidan vazirlik Gospitalida koʻkalamzorlashtirish va yashil maydonlarni koʻpaytirish maqsadida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Endilikda, bu kabi amaliy ishlar IIVning barcha boshqarma va tuman boʻlimlarida ham olib borilmoqda.

Azamat PIRNIYaZOV,

“Postda” muxbiri.