Mutolaa zavqi. Kitobga mehr qoʻygan kishi buni yaxshi anglaydi. Ongu-shuʼurini ilm bilan oziqlantirib boruvchi kitobsevarlar bu zavqning nechogʻlik aziz va mukarram ekanligini bilishadi. 

Ana shunday zavqdan tinglovchilarni bahramand etish maqsadida IIV Malaka oshirish institutining barcha bazalarida shu jumladan, Bektemir bazasida ham “Mutolaa vaqti” nomi ostida adabiy-badiiy soatlar tashkil etilmoqda. Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 

Eʼtiborli jihati shundaki, adabiy-badiiy soatlar noanʼanaviy shaklda yaʼni, doimgidek maxsus jihozlangan xonalarda emas balki, ona tabiat qoʻynida oʻtkazilyapti. Tinglovchilar oʻzlari sevgan asarlarni mutolaa qilish bilan birga tabiat goʻzalligidan ham zavq olmoqda. 

– Kitob oʻqish kishiga oʻzgacha bir zavq beradi, – deydi, tinglovchi Jonibek Salimov. – Inson mutolaa qilish orqali maʼnaviy dunyosini, ongini boyitadi. 

Psixologlarning fikricha, kitob mutolaasida joyning ham ahamiyati katta ekan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ona tabiat bagʻrida kitob bilan sirlashish insonga yanada huzur-halovat bagʻishlashi, shubhasiz. 

Oʻz muxbirimiz.