Avval xabar berganimizdek, IIO tizimidagi xodimlar orasida “Sogʻlom oila-sogʻlom jamiyat” gʻoyasini keng tatbiq etish maqsadida Markaziy apparat xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida “Namunali oila” koʻrik tanlovining dastlabki bosqichi oʻtkazildi.

Tanlovda jami 7 nafar xodim va ularning oilalari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar 10 ballik tizim asosida jami 3ta shart boʻyicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra 3-oʻringa Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tergovchisi mayor Umid Asrayevlaroilasi hamda IIV Malaka oshirish instituti, Kadrlar boʻlimi katta inspektori mayor Sardor Sakiyevlar oilasi munosib koʻrildi, 2-oʻrin IIV Akademiyasi Moliya-iqtisod boʻlimi bosh mutaxassisi katta leytenant Toʻlqin Ahmedovlar oilasiga nasib etdi. Faxrli 1-oʻringa esa IIV Axborot xizmati "Mass-media bilan ishlash guruhi"MTB inspektori kapitan Oʻktam Usmonovlar oilasi loyiq deb topildi. Gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Bundan tashqari barcha ishtirokchilar turli nominatsiyalar bilan ragʻbatlantirildi.

Oʻz muxbirimiz.