IIV Fargʻona akademik litseyida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, soha faxriylari ishtirokida “Navoiyga munosib voris boʻlaylik” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
“Uch avlod uchrashuvi” tarzida tashkil etilgan tadbirda soʻz olganlar buyuk mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodining yoshlar taʼlim-tarbiyasidagi oʻrni beqiyos ekanligini taʼkidladilar.
Boʻlajak yurt posbonlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yuksak kasbiy fazilatlarni shakllantirish, kasbga boʻlgan muhabbatini oshirishda Navoiy asarlari bebaho qoʻllanma boʻlib xizmat qilishi qayd etildi.
Litsey oʻquvchilari tomonidan ijro etilgan Navoiy gʻazallari, ruboiylari, sahna koʻrinishlari tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
