Oramizda shunday insonlar borki, ular jismoniy jihatdan imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramay, toʻrt muchasi sogʻ kishilar qilolmagan ishlarni uddalay oladilar. Sportda, sanʼatda, taʼlim sohasida yuksak natijalarga erishib, inson irodasi va matonati nimalarga qodirligini amalda namoyish etadilar.

Ichki ishlar organlari otaligʻidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar taʼlim olayotgan «Nurli maskan» maktablarida ana shunday iqtidorli yoshlar koʻpchilikni tashkil etadi.

IIV Birlashgan tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan va nashr etilgan «Nurli maskan orzulari» kitobida ularning ijod namunalari bilan yaqindan tanishib, bunga oʻzingiz ham amin boʻlasiz.