Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarori talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 25 avgust kuni IIV Qorovul qoʻshinlari 7535-harbiy qismida "Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi. Ushbu tadbirga harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va farzandlari taklif etildi.
Tadbir davomida qoʻshinlarning harbiy salohiyati va kuch-qudratini namoyon etuvchi harbiy texnika va qurol-aslaxa koʻrgazmasi oʻtkazildi hamda harbiy xizmatchilarning chiqishlari koʻrsatildi.
Shuningdek, kitobxonlik, rassomchilik tanlovlari va shaxmat-shashka oʻyinlari tashkillashtirildi. Gʻoliblar esa munosib taqdirlandi.
T. ABDIMAJITOV, podpolkovnik.
