3-dekabr - Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslarning xuquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan IIV Navoiy akademik leseyi tomonidan “Oʻksik koʻngillarga mehr ulashaylik” shiori ostida xayriya aksiyasi tashkil etildi. Mazkur savobli tadbirda lisey maʼmuriyati bilan bir qatorda oʻquvchilari ham faol ishtirok etishdi.
Ushbu taʼlim muassasasi jamoasi tomonidan “Nurli maskan” maktab internatida taʼlim olayotgan oʻquvchilarga issiq kiyimlar va poyabzallar tuhfa qilindi. Xayriya aksiyasi goʻyoki bayram tadbiriga aylanib ketdi. “Nurli maskan” maktabining iqtidorli oʻquvchilari sheʼr va qoʻshiqlar ijro etishdi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
