IIV Namangan akademik litseyi oʻquvchilarining bitiruv tadbiri oʻtkazildi. Tantanali tadbirda Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, sohaviy xizmat rahbarlari, faxriylar, ustoz-murabbiylar hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi. Unda soʻz olganlar bitiruvchilarga Vatan himoyasi, xalq osoyishtaligi yoʻlidagi xizmatlarida omad va zafarlar tiladilar. 170 nafar bitiruvchining 15 nafariga imtiyozli diplom va 3 nafariga kumush medallar topshirildi.

Oʻz muxbirimiz,

Namangan viloyati.