Bugun IIV Malaka oshirish institutida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining tantanali bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda soʻzga chiqqanlar oʻz yurtiga sodiq, yuksak salohiyatli, haqiqiy vatanparvar ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga mazkur taʼlim dargohida katta eʼtibor qaratilayotgani hamda buning uchun tinglovchilarga barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilganligini taʼkidladi.

– Bugun hayotimdagi eng quvonchli kunlardan biri desam, aslo mubolagʻa boʻlmaydi, – deydi mazkur fakulʼtet bitiruvchisi, kichik serjant Aiyda Qurbonova. – Chunki men, ushbu taʼlim muassasasini muvaffaqiyatli tamomlab, kelgusida ona Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishga hamda xalqimiz tinchlik-osoyishtaligi yoʻlida kerak boʻlsa, jonimni ham fido etishga tayyorman!

Bitiruvchilarni tabriklash uchun soʻz olganlar ham ularni masʼuliyatli sohaga qadam qoʻyayotganligi bilan chin qalbdan muborakbod etishdi.

Sherali ANVAROV.

podpolkovnik.