Yoshlar qalbida ajdodlar meʼrosi, milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida IIV Fargʻona akademik litseyida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar, ekskurtsiyalar tashkil etilmoqda.
Kuni kecha litseyning bir guruh oʻquvchilari ustozlari hamrohligida Qoʻqon shahridagi Oʻrda majmuasi va u yerda joylashgan muzeyga sayohat qilishdi. Boʻlajak yurt posbonlari majmua va muzey eksponatlarini koʻzdan kechirib, qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Ayniqsa, Qoʻqon xonligining boy tarixi, oʻsha davrda yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshgan shaxslar, ularning hayoti, turmush tarzi bilan bogʻliq manbaalar va suratlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
