– Qoʻshiqni aslida bir tojik filmi uchun mashhur kompozitor, ustozim Gennadiy Aleksandrov rus tilida yozgan edi, – deb eslaydi u. 

Xonanda ijod bilan shugʻullanib, oʻz ustida ishlab yurgan kezlari uni «Ofarin» koʻrik-tanlovida qatnashishga taklif etishadi. Tanlovda esa oʻzbek tilidan tashqari, yana boshqa tilda ham qoʻshiq kuylash kerak edi. 

Oʻktam Hakimovning didiga, tabiatiga boshqa tildagi biror qoʻshiq tushib, koʻngli jiz etmaydi. Oʻylab-oʻylab, oʻzining «Ismigul» qoʻshigʻini oʻzbek tiliga oʻgirib, qaytadan aytish fikri keladi. 

Qisqa vaqt ichida «Ismigul» oʻzbek tilida yangi qoʻshiq sifatida rus tilidagidan-da jozibador, dilga yaqin tarona boʻlib qayta yaraladi. 

– Bilasizmi, – deydi xonanda, – ijodiy safarlarda boʻlganimda repertuarimdagi boshqa qoʻshiqlarni kuylasam, «Ismigul»ni soʻrashadi, aynan oʻzbek tilidagi variantini.  

Darhaqiqat, 90-yillarning xit qoʻshigʻi sifatida alohida eʼtirof etiladigan mazkur qoʻshiqni bugungi kunda ham xalqimiz sevib tinglab keladi. 


Adolat FAYZIYEVA tayyorladi. 


   Ismigul

Ming ismlar ichra

Takrorlayman isming,

Goʻyoki hammasi

Tushga oʻxshab ketar.


Bu tushni oʻngimda

Koʻrganday boʻldim.

Yurgan izlaringni

Men topa olmadim, Ismigul.


Ishon, sensiz bir on ham

Yashay olmayman,

Begʻuborliging oldida

Bosh egaman.


Saratonga soya,

Tunga oy kerakdek,

Sen menga keraksan,

Ismigul, Ismigul, Ismigul.


Bulbul ham men kabi

Tonggacha kuylaydi,

Netay endi, jonim,

Men seni yoʻqotdim, Ismigul.


Nechun ikkimizni

Ayt, taqdir tanladi?

Umrbod men quling

Boʻlaman, malikam.


Ishon, sensiz bir on ham

Yashay olmayman,

Begʻuborliging oldida

Bosh egaman.


Saratonga soya,

Tunga oy kerakdek,

Sen menga keraksan,

Ismigul, Ismigul, Ismigul.