Kelajagimiz egalari ijodidan
OʻZBEKISTON ASKARI
Qadamidan oʻt chaqnar,
Liboslari yarashar,
Havas bilan qarashar,
Oʻzbekiston askari.
Vatan tinchligi uchun
Jonini ham berishar.
Xalqqa baxtlar oʻlashar,
Oʻzbekiston askari.
OTAJONIMGA
Zar toʻqidim choʻpon otam toʻniga,
Qirga chiqib intiq boqdim yoʻliga.
Kun botarda oftobaga suv solib,
Yayrab-quvnab suvlar quydim qoʻliga.
Otajonim boshim silab suyadi,
Rahmat, qizim, deb erkalab qoʻyadi.
Dala-dashtda qoʻylar boqib erta-kech,
Bizni oʻylab shirin hislar tuyadi.
Orzularning gulzorida sayr etib,
Mehr bilan bitdim ushbu nomamni.
Aʼlochi qiz boʻlib bir kun boʻy yetib,
Xursand qilib yuray ota-onamni.
Feruzabonu ESHQUVATOVA,
Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi
28-maktab oʻquvchisi.