Uychi tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Furqat Mirzayev tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Tadbirga "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar taklif etildi. Mehnat yarmarkasida 20 ta korxonalar oʻzlarida mavjud 145 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Unda 104 nafar xotin-qiz qatnashib, 21 nafari ishga joylashtirildi, 5 nafari kasbga qayta tayyorlashga yuborildi.
Tadbir soʻngida "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi "Namangan yulduzlari" jamoasidan Jaloliddin Usmonov, soʻz ustasi Abdurahmon Siddiqovlarning chiqishlari barchaga manzur boʻldi.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
"Rostda" muxbiri.
Namangan viloyati.
