IIV Qashqadaryo akademik liseyida Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda soʻz olganlar til inson qalbining koʻzgusi ekani, unda muayyan bir xalqning oʻtmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari aks etishini taʼkidlashdi.
Shuningdek, ona tilimizning rivojiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimiz Mahmud Qoshgʻariy, Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiy siymolari lisey oʻquvchilari tomonidan gavdalantirildi. Ona tilimiz madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar ijro etildi.
Adabiy-badiiy kecha barchada katta taassurot qoldirdi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
