Yangiqoʻrgʻon tuman madaniyat markazida IIV Madaniyat saroyi Ashula va raqs ansambli sanʼatorlari ishtirokida konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar Uchqun Tillaev, Feruza Jumaniyozova, Dilnoza Ismiyaminova, Oʻtkir Muhammadxoʻjaev, Firdavs Fazlitdinov, soʻz ustasi Avaz Oxunning chiqishlarini tomoshabinlar gulduros qarsaklar bilan olqishladi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqimizning kayfiyatini koʻtarish maqsadlarini koʻzlagan konsert qalblarga zavq ulashdi.
G. BUVAMIRZAYEVA,
"Postda" muxbiri.
Namangan viloyati.
