IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdieva tavalludining 75 yilligi munosabati bilan “Qancha shoning boʻlsa, Vatanni koʻtar” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda sevimli shoiramizning oila aʼzolaridan tashqari, shogirdi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi, taniqli shoira Guljamol Asqarova ishtirok etdi. Tadbirda Halima Xudoyberdievaning hayoti va ijodi haqida soʻz yuritilib, uning sheʼrlaridan namunalar aytildi.
Shoiraning hayoti va ijodiy faoliyatini aks ettirgan videorolik ham sheʼriyat muxlislarida katta taassurot qoldirdi.
Oʻz muxbirimiz.
