“Qoʻrqma” yangi davrning yangi va dardchil, yangicha uslubda va oʻziga xos yangi ohang bilan yozilgan yangi romanidir.
Yaqin oʼtmishdagi barchaga maʼlum va mashhur alamli hodisalar va Germaniyaga borib oʼqigan talabalar taqdiri bayonida Roviy – soʼzamol yigit roman markazida turadi. Bu yigitning hayoti qiziq. Olti oyligidayoq ota-onasidan ajralgan, ammo yozuvchi fantaziyasiga koʼra u aynan oʼsha mahali tafakkur va tasavvur egasiga aylanadi. Olti oylik chaqaloq hech qachon tevaragida nimalar boʼlayotganini bilmaydi, albatta. Ammo yozuvchining qalami sizni ishontiradi.
Romanda lirika bilan fojea uygʼunlashib ketadi. Dramatik turda tragikomediya degan janr mavjud.Roman qahramoni fikrchan odam, juda ulkan taftishchi. Oʼzini va oʼziga yaqin-yiroq insonlarni, ularning oilasini, oʼziga tengqur talabalarni real hayotda va xayol koʼzgusida taftish etadi, eng muhimi, oʼtgan asr boshlarida xorijga ketgan talabalar dunyosini, orzu-istaklarini tahlil etib, zamona yoshlari turmushi bilan taqqoslaydi.
Javlon Jovlievning “Qoʼrqma” asari oʼzbek adabiyoti tarixida sanab oʼtiladigan, oʼqishga tavsiya qilinadigan asarlar sirasiga kiradi.
