Jizzax viloyati IIBda “Konstitusiyaviy islohotlar – davr talabi” mavzuida maʼrifiy tadbir uyushtirildi. Yigʻilishda yurtimizda amalga oshirilayotgan konstitusion islohotlar, Bosh qonunimizning mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi ahamiyati xususida atroflicha toʻxtalib oʻtildi.
Tadbir davomida IIV hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi asosida bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi. Shuningdek, “Namunali patrul-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul-post xizmati qism komandiri” respublika koʻrik-tanlovida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan soha vakillari ragʻbatlantirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
