IIV Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlarining safdorlar tarkibiga qabul qilingan xodimlar uchun boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv kursi tinglovchilarining navbatdagi bitiruv marosimi oʻtkazildi.

Tantanali marosimda institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Institutda ichki ishlar organlarining safdorlar tarkibiga qabul qilingan 300 nafardan ziyod safdor xodimlar patrulʼ-post xizmati, Jazoni ijro etish xizmati, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati, Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va boshqa xizmatlar yoʻnalishlar boʻyicha navbatdagi boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv kursida oʻqidilar.

Oʻquv mashgʻulotlarida tinglovchilarning kasbiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, jangovar, jismoniy, ruhiy, tibbiy tayyorgarligini taʼminlashga qaratildi. Tantanali tadbirda oʻquv reja va dasturlar talablarini toʻliq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. 

Shuningdek, tahsil olish jarayonida oʻz professional bilimlarini oshirish, amaliy koʻnikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini yanada kengaytirishga intilib, yuqori koʻrsatkichlarga erishgani va namunali xulqi, oʻtkazilgan tadbirlardagi faol ishtiroki uchun bir guruh tinglovchilar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.