Choʻqqilar jilvasiga koʻpam mahliyo boʻlaverma, bolam. Bu togʻda qashqirlar bor...
* * *
Odam bolasining koʻzidan yosh chiqmasa qiyin ekan.
* * *
Olam yaralibdiki, birovga baxt, birovga alam keladi.
* * *
Odam bolasi yillar oʻtgan sari oʻzgaraveradi, ammo koʻzlari oʻsha-oʻsha, yoshligidagidek oʻzgarmay turaveradi.
* * *
...Bolalarni kitobga oʻrgatish kerak. Toki ular ishchi kuchi boʻlib emas, ongli, katta jamiyatning bilagʻon aʼzolari boʻlib yetishsinlar.
* * *
Baxtli damlar koʻz ochib yumguncha oʻtib ketadi.
* * *
Tabiatning mutlaqo oʻzgartirib boʻlmas qonunlari bor-ku, axir. Unga oʻchakishib boʻlmaydi.
* * *
Odam bolasi vafodorlikni otdan oʻrganishi kerak ekan...
* * *
Bu joylarga jimjitlik qidirib kelgan Tolibjon dunyo tashvishlaridan, yovuzlar taʼqibidan, omadsiz oʻtgan umridan qutulib, soʻngsiz jimjitlik bagʻriga singib ketdi.
* * *
Dunyoda xavfli dushmaning eng yaqin doʻstingdir. Chunki ichingdagi siringni biladi. Albatta, bir kuni seni sotadi. Sotganda ham ulgurji qilib, ichak-chavoqlaring bilan qoʻshib sotadi.
M.AHADOV toʻpladi.
