Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan IIV Madaniyat saroyida tashkil etilgan bayram tadbirida sohada mehnat qilayotgan shifokorlar sharaflandi. 

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonovning tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek sharafli vazifalarini toʻlaqonli amalga oshirishida, ularning salomatligi haqida qaygʻurib, masʼuliyatli faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlariga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi.

Tadbirda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor A.Ikramov, bir qator hamkor tashkilot va idoralar vakillari hamda IIV Tibbiyot boshqarmasi tasarrufidagi muassasalarning xodimlari, faxriylar ishtirok etdi. 

Salomatlikni saqlashni saodat deb bilib, uzoq yillik samarali va ibratli faoliyati bilan alohida oʻrnak koʻrsatib kelayotgan tibbiyot xodimlari va faxriylar Sogʻliqni saqlash hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdirlandi. Tadbirga ulanib ketgan konsert dasturi ishtirokchilarga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Bayram tadbiri tafsilotlari bilan gazetamizning navbatdagi sonida batafsil tanishasiz.