Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining tegishli farmoyishi bilan biriktirilgan masʼul xodimlar 3-sektor hududida yashovchi ehtiyojmand aholi hamda bemorlar holidan xabar olmoqda.
Masalan, yaqinda Fargʻona shahrida 5 nafar koʻpdan beri bemor yotgan fuqarolar bilan tibbiy profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Har bir bemor shifokor nazoratidan oʻtkazilib, tibbiy yordam koʻrsatildi, maslahatlar berildi. Har bir xonadonga zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Xuddi shunday tadbir Oltiariq tumanida ham uyushqoqlikda amalga oshirildi. Viloyat IIBdan biriktirilgan masʼullar, tuman IIB rahbarlari va tibbiyot birlashmasi vakillari 5 nafar bemor yotgan fuqaroning xonadoniga borib, ularning holidan xabar oldilar. Shifokorlar tomonidan har bir fuqaro koʻrikdan oʻtkazilib, tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi. Zarur oziq-ovqat mahsulotlari ham tarqatildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
