Jizzax shahrida “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, respublika Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilgan mazkur tanlovda viloyatning 13 nafar faol ayoli 3 shart asosida kuch sinashdi. Qatnashchilarning chiqishini baholash jarayonida ularning oʻz sohasida erishgan natijalari, siyosiy va iqtisodiy bilimi hamda sanʼatga oid iqtidoriga eʼtibor qaratildi.
Natijalarga keladigan boʻlsak, Jizzax viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi, mayor Sayyora Xolmirzaeva eng yuqori ball toʻplab, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Tadbir yakunida gʻoliblar diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
