Anʼanaga koʻra, joriy yilning 22 fevral kuni IIV Madaniyat saroyida Alohida namunali-koʻrgazmali orkestrning “Xalq manfaatlari yoʻlida xizmat qilamiz” deb nomlagan hisobot kontserti boʻlib oʻtadi.
Badiiy rahbar va bosh dirijyor, podpolkovnik Muqimjon Mahmudov boshchiligidagi jamoaning ijro dasturi rang-barang va serqirra boʻlib, undan Vatanga oid marshlar, vatanparvarlik haqidagi qoʻshiqlar, mumtoz asarlar, jazz va estrada kompozitsiyalari, mashhur filmlardan kuylar joy olgan.
Sehrli musiqa ohanglariga goʻzal ijrolar joʻrligi nafaqat soha xodimlari, balki koʻplab yurtdoshlarimizga koʻtarinki kayfiyat ulashuvchi mazkur madaniy tadbirga barcha-barchangizni taklif etamiz.
Ushbu tadbir haqida gazetamizning keyingi sonida batafsil tanishasiz.
