Navoiy shahridagi "Maʼnaviyat va maʼrifat markazi"da “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Viloyat IIB, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi ushbu tadbirda soʻzga chiqqanlar davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar haqida toʻxtalib, barcha qizlarni mazkur sana bilan qutladilar.
Unda jamiyatimiz hayotida oʻzining tashabbuskorligi hamda faol harakatlari bilan xotin-qizlarga koʻmaklashayotgan turli soha vakilalari taqdirlanishdi. Ular orasida Karmana tumani IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, leytenant Mohinur Bebutovaning ham borligi soha xodimlarini quvontirdi. Shu kuni “Yoshlar daftari”ga kiritilgan qizlarga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
