Sherobod tumanida “Anor sayli” oʻtkazildi. Unda “Eng mazali anor sharbati”, “Eng mazali anor navi”, “Eng katta anor”, “Eng chiroyli anor tozalash” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, sanʼatkorlarning konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda turizm sohasiga aloqador mutasaddi idoralar va mahalliy sayyohlar qatnashdi. Mehmonlarga viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tegishli maʼlumotlar ham berildi.

Oʻz muxbirimiz.

Surxondaryo viloyati.