“Keksalar haftaligi” munosabati bilan IIV Faxriylar kengashi aʼzolari Navoiy viloyati IIBga tashrif buyurishdi. Dastlab ular kutubxona, vatanparvarlik burchagi hamda xodimlar faoliyati bilan tanishdilar. Soʻng uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbir boshida isteʼfodagi polkovniklar Mirkomil Mirfayziev hamda Oʻtkir Ahmedov soʻzga chiqib, oʻzlarining hayotiy va amaliy tajribalaridan soʻzlab berishdi. Xodimlarni zimmalaridagi vazifalarni sidqidildan ado etishga, qonuniylik va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishga chaqirishdi. Samimiy ruhda oʻtgan davra suhbati chogʻida faxriylar bergan maslahat va tavsiyalar xodimlarning kelgusi faoliyatida asqatishi shubhasiz.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
